
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada yuksaltirish maqsadida “Ajdodlar xotirasi — milliy g‘urur va ibrat manbai!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida XX asrning murakkab va sinovli davrlarida qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri, shuningdek, xalqimiz ma’rifati va milliy uyg‘onishiga munosib hissa qo‘shgan jadid bobolarimizning ilmiy, ma’rifiy va ijodiy faoliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yoshlar e’tiboriga jadid ma’rifatparvarlarining millat ravnaqi, ta’lim-tarbiya va ma’naviyat rivojidagi xizmatlarini yorituvchi videolavhalar ham taqdim etildi. Tadbir jarayonida tarixiy voqealardan tegishli xulosalar chiqarish, ajdodlar xotirasini e’zozlash va ularning ibratli hayot yo‘lini o‘rganishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarda tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglashni kuchaytirish, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz!