





Toshkent davlat tibbiyot universitetining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha guruh bosqichi musobaqasi ko‘tarinki kayfiyat va haqiqiy sport shijoati ostida tashkil etildi.
Musobaqada ko‘plab talabalar ishtirok etib, o‘zlarining tezkor fikrlashi, chaqqonligi, aniqligi, kuchli zarbalari va sport mahoratini namoyon etdilar. Har bir bahsda ishtirokchilar har bir ochko uchun astoydil kurashib, g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini ko‘rsatdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
O’g’il bolalar1-o’rin Alimardonov G’ulom Sheraliyevich S24-03A guruh
2-o’rin Tojiddinov Behruz Fayozjon o’g’li S25-06A guruh
3’o’rin Samadov Sarvar Sobirovich S24-01B guruh(rus)
Qiz bolalar1-o’rin Akromova Marjona Elburs qizi S24-03A guruh
2-o’rin Saipova Valeriya Valentinovna S24-01B guruh(rus)
3-o’rin Rajabova Lola Sunnatilla qizi S24-01 guruh (ingliz)
Stol tennisidagi har bir zarba — mahorat, har bir ochko — iroda, har bir g‘alaba esa tinimsiz mehnat va ishonch natijasidir.
Mazkur musobaqa talabalarning nafaqat sportdagi qobiliyatini, balki tez fikrlash, sabr-toqat, matonat, raqibga hurmat va g‘alabaga intilish kabi muhim fazilatlarini ham namoyon etdi.
Ishtirokchilar bahslar davomida o‘zaro hurmat, do‘stona raqobat va jamoaviy birdamlikni namoyish etib, har bir ochko uchun bor kuchlarini safarbar etdilar.
Rasmiy sahifalarimiz!