“Ma’rifat sari yo‘l” — gender tengligi va ayollar muvaffaqiyati

08.10.2026 yil kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Ma’rifat sari yo‘l” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Tursunova Marg‘uba Abiljanovna talabalarga gender tengligining mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, gender tengligi yo‘nalishidagi yutuqlari bilan e’tirof etilgan, Yashnobod tumani “Olmos” mahallasida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayollar Sh. Abdullayeva va M. Karimovalarning faoliyati ibrat sifatida e’tirof etildi. Ularning tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va tadbirkorlik borasidagi tajribasi xotin-qizlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, iqtisodiy mustaqillikka erishishi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishining yorqin namunasi sifatida ta’kidlandi.
Uchrashuv talaba-yoshlarga ayolning bilim va salohiyati, qat’iyati hamda tashabbusi orqali katta marralarni zabt etish mumkinligini yana bir bor namoyon etdi. Zero, xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish — jamiyat taraqqiyoti, farovonlik va kelajak avlod kamoloti yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment