
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, xavfsizligini ta’minlash hamda turli salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar davom etmoqda.
2025-yil 8-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi psixologlari G. Umirova, G. Soibnazarova hamda universitet inspektori Z. Mirzayev tomonidan 1-bosqich talabalari bilan “Jinoyatchilikning oldini olish” va “Zo‘ravonliksiz va tazyiqsiz yashash” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat davomida talabalarga jinoyatchilik va turli salbiy holatlarning oldini olish, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hushyorlikni saqlash va o‘z huquq hamda manfaatlarini himoya qilish muhimligi tushuntirildi.
Bunday profilaktik tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#Profilaktika#JinoyatchilikningOldiniOlish#Zo‘ravonliksizHayot #Talabalar#Xavfsizlik
Rasmiy sahifalarimiz!