
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning ma’naviy-axloqiy qarashlarini rivojlantirish, shaxsiy fazilatlarini mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
2025-yil 9-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori (PhD), psixoterapevt R.B. Polvanov hamda universitet psixologlari tomonidan “Talabalarda axloqiy malakalarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari” va “Talabalik taassurotlarim” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida talabalarga jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlari, umuminsoniy fazilatlar hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirning amaliy qismida talabalarning o‘zaro muloqoti va faolligini oshirishga qaratilgan “Tanishuv”, “Diqqatni jamlovchi”, “Do‘stimga tilaklarim” kabi psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminar-trening talabalarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, o‘zaro hurmat va samimiy munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#PsixologikTrening#Talabalar#AxloqiyMalaka#Manaviyat#Psixologiya
Rasmiy sahifalarimiz!