Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning psixologik holatini qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur psixologik yordam ko‘rsatishga qaratilgan uchrashuvlar davom etmoqda.

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi 3-kampus psixologi E.M. Safarova hamda 2-kampus psixologi G.S. Djumanova hamkorligida 2-stomatologiya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida markazning faoliyati, maqsad va vazifalari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, markazning asosiy maqsadi — talabalarning o‘quv jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan ruhiy bosim, stress, xavotir va depressiv holatlarni yengib o‘tish, shuningdek, ularni kasbiy va shaxsiy rivojlanishida qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekani ta’kidlandi.

Markaz tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda psixologik yordam ko‘rsatilishi qayd etildi:
individual psixologik maslahatlar;
guruhiy psixotreninglar;
stressni yengish va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirish;
o‘zini qadrlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash;
oila va shaxsiy hayot bo‘yicha maslahatlar;
zarur holatlarda tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish.

Talabalar bilan ochiq muloqot va psixologik uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#PsixologFaoliyati#Talabalar#PsixologikYordam#Yoshlar#Stomatologiya

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment