
“Yangi O‘zbekiston” gazetasida yangi maqola chop etildi!
«Shifoxonalarga asoslangan eski modeldan kasalliklarning oldini olish va raqamlashtirilgan tibbiyotga o‘tish bosqichi» sarlavhali maqolada Ikkinchi milliy dasturning mazmun-mohiyati, sog‘liqni saqlash tizimidagi ustuvor vazifalar hamda aholi salomatligini mustahkamlash masalalari tahlil qilingan.
Muallif: Suhrob Norqulov, falsafa doktori (PhD), professor.
Maqolada kasalliklarning oldini olish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, tibbiyotni raqamlashtirish va sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Asosiy e’tibor — tibbiyotning kasallikni davolashga qaratilgan an’anaviy modelidan profilaktika, erta tashxis va raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tizimga o‘tishning ahamiyatiga qaratilgan.
Maqola “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 8-oktabr sonida chop etildi.#YangiO‘zbekiston #Sog‘liqniSaqlash #IkkinchiMilliyDastur#TibbiyotIslohotlari#RaqamliTibbiyot