
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” hamda “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirda san’at va madaniyat to‘garagi a’zosi, 1-davolash fakulteti talabasi Abduvoitov Voxitjon Xasan o‘g‘li tomonidan “Talabalik davrim mening” qo‘shig‘i ijro etildi.
Yosh ijodkorning samimiy chiqishi talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat, ustoz va murabbiylarga esa yoshlik va talabalikning unutilmas onlaridan iliq xotiralar ulashdi.
Rasmiy sahifalarimiz!