
2026-yil 30–31 oktabr kunlari Toshkent shahrida otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligi yo‘nalishiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.
Anjuman mavzusi — “Otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin jarrohligida sun’iy intellekt va fanlararo yondashuv”. Tadbir davomida zamonaviy diagnostika va davolash usullari, audiologiya va surdologiya, bosh va bo‘yin kasalliklarini davolash, sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalarning tibbiyotdagi imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirokida ilmiy ma’ruzalar, tajriba almashinuvi va professional muloqotlar tashkil etiladi. Anjuman JW Marriott Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi.
Siz ham ushbu nufuzli xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok eting! Konferensiyada ro‘yxatdan o‘tish uchun
entconference2026.uz saytiga kiring.
Ro‘yxatdan o‘ting va zamonaviy tibbiyot kelajagini birgalikda yaratamiz.
Rasmiy sahifalarimiz!