





Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi Samarqand shahrida.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati hamda universitet Kasaba uyushmasi hamkorligida jamoaning ishchanlik kayfiyatini oshirish, xodimlarning madaniy va maʼnaviy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida 55 nafar professor-oʻqituvchi va xodimlar hamda iqtidorli talabalar uchun buyuk va navqiron Samarqand shahriga maʼrifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Oʻzbekiston va jahon madaniyati durdonalari sanalgan, boy tarixga ega quyidagi muqaddas qadamjolar va meʼmoriy obidalarni ziyorat qildilar:
Muhaddislar sultoni Imom al-Buxoriy majmuasi
;
Buyuk sohibqiron mangu orom topgan Amir Temur maqbar
a
si;
Sharq renesansi ramzi boʻlmish Registon majmuasi (Mirzo Ulugʻbek, Tillakori va Sherdor madra
s
alari);
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tugʻilgan va yasha
g
an xonadon;
Ulugʻvor meʼmoriy obida — Bi
b
ixonim masjidi;
Boy tarixga ega Hazrati Xizr majmuasi va Islo
m
Karimov maqbarasi;
Takrorlanmas koshinlar va purviqor maqbaralar maskani — Shohi Zinda anjombl-ansambli.
Ushbu maʼrifiy va tarixiy sayohat xodimlarga boy taassurotlar bagʻishlab, milliy oʻzlikni anglash, tariximizga boʻlgan hurmat-ehtirom hissini yanada musta
hkamlashga xizmat qildi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi aʼzolari uchun bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sayohatlarni tashkil etish
i
zchil davom ettiril
adi.
Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin