“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” — MAHORAT, SHIJOAT VA G‘ALABA SARI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Stoll tennis sport turi bo‘yicha musobaqa ko‘tarinki kayfiyat, jo‘shqin ruh va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi!

Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi, zukkoligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etdilar. Har bir zarba, har bir ochko va har bir bellashuv ishtirokchilardan diqqat, sabr-toqat hamda yuqori mahorat talab qildi.

Ishtirokchilar o‘rtasidagi qizg‘in bahslar musobaqaga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, tomoshabinlarga ham ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Eng muhimi, yoshlar sport orqali o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamladilar!

O‘G‘IL BOLALAR O‘RTASIDA G‘OLIBLAR:1-o‘rin — Zayniddinov Akmal 2-o‘rin — Mironshoh Mahmudov 3-o‘rin — O‘rinov Erkin QIZLAR O‘RTASIDA G‘OLIBLAR: 1-o‘rin — Boymamatova Shahribonu 2-o‘rin — Rasulova Omina 3-o‘rin — Abdurasulova Yulduz

G‘oliblarimizni ushbu yuksak natijalar bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Har biringizning erishgan yutug‘ingiz — mehnat, intilish, iroda va o‘z ustingizda ishlashning yorqin namunasidir!
Kelgusida ham yangi marralarni zabt etib, yanada yuksak natijalarga erishishingizni, universitetimiz sharafini munosib himoya qilishingizni tilaymiz! Barcha musobaqa ishtirokchilariga faol ishtiroki va sportga bo‘lgan qiziqishi uchun minnatdorlik bildiramiz!
MUSOBAQA TASHKILOTCHISI:
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari —Ulasheva Yorqinoy Baxramovna
Sport — salomatlik garovi!
G‘alaba — qat’iyat va mehnat mevasi!
Maqsadimiz — sog‘lom, faol va intiluvchan yoshlar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari bilan birgalikda sport va sog‘lom turmush tarzi sari olg‘a! #TDTMU#2PediatriyaFakulteti#BeshTashabbusOlimpiadasi#Tennis#TalabaYoshlar#Sport#Gʻoliblar#SogʻlomTurmushTarzi

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment