“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
Universitet talabalarini innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tanlovda o‘z innovatsion g‘oyasi, startap loyihasi yoki amaliy yechimiga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
TANLOV BOSQICHLARI
27-oktabr — arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati.
30-oktabr — loyihalarni mentorlar va spikerlarga taqdim etish.
2–6-noyabr — akseleratsiya dasturi.
7-noyabr — yakuniy taqdimot — Pitch Day.
G‘OLIBLAR UCHUN MUKOFOTLAR
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m2-o‘rin — 30 000 000 so‘m3-o‘rin — 20 000 000 so‘m
G‘oliblar pul mukofotlari bilan bir qatorda qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadi.
RO‘YXATDAN O‘TISH
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi Google Form orqali ariza topshiring:
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:https://forms.gle/7fw3A2oHBToQgRJUAArizalarni topshirish muddati: 27-oktabr.
Innovatsion g‘oyangizni amalga oshirish, tajribali mentorlar bilan ishlash va loyihangizni keng miqyosda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
G‘oyangizni taqdim eting — kelajakni birgalikda yarating!Toshkent davlat tibbiyot universitetiToshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
@tashmeduni_mth

Leave a comment