





2026-yil 10-oktyabr kuni ToshDavTU Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Sh.Shoyimova va professor-o‘qituvchilar tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tarixiy bilimlari va ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi uyushtirildi.
Tashrifda talabalar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, Islom sivilizatsiyasining boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy kashfiyotlari va ma’naviy merosi, ularning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning bilimlarini boyitish va milliy merosga hurmatini oshirishga xizmat qiladi.Talabalar tashrif davomida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, Markazda namoyish etilgan tarixiy eksponatlar, buyuk allomalarimizning ilmiy merosi va Islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ularda katta qiziqish uyg‘otganini ta’kidladilar.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari — buyuk kelajak bunyodkorlari!”Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn