“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA FUTBOL MUSOBAQASI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Futbol sport turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Musobaqada talabalar katta ishtiyoq, faollik va sportga bo‘lgan qiziqish bilan qatnashib, o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va jismoniy imkoniyatlarini namoyon etdilar.

Futbol musobaqalari boʻlib oʻtdi ushbu musobaqa 36 jamoa faol ishtirok etdi bular orasidan 3 jamoa nomdor oʻrinlarga ega boʻldi
» Feniks» jamoasi
«Ligendary» jamoasi
«T legenda «jamoasi

Bunday sport musobaqalari yoshlarni yagona maqsad sari birlashtiradi, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Shu bilan birga, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sport — birlik, iroda va g‘alaba timsoli
1 davolash fakulteti tyutorlari
Navruzov Obidjon
Normaxmatov Sherzod
Xoliqulov Erkin

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment