



Toshkent davlat tibbiyot universitetida talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyatda faol va tashabbuskor xotin-qizlar safini kengaytirish maqsadida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Xotin-qizlar kengashi raisi I.K. Maxkamova, xotin-qizlar psixologi G.M. Soibnazarova, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Sh. Rustamova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.A. Muxammedova ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida talaba-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy mahoratini oshirishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi hamda ularga erishish yo‘lida izchil harakat qilishi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, qizlarning liderlik qobiliyatini rivojlantirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, vaqtni samarali boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish, fikr va takliflarini bildirish hamda zarur tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bilimli, maqsadli va o‘ziga ishongan qiz — jamiyatning mustahkam tayanchi va kelajagi.
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu