Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya fakulteti talabalari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumga tashrif amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — alohida e’tibor va mehrga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga quvonch ulashish hamda jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.

Tashrif davomida talabalar tomonidan texnikum tarbiyalanuvchilari uchun ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi tadbir tashkil etildi.

Tadbir jarayonida samimiy muloqot, iliq munosabat va mehr-muruvvat muhitiga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar o‘zlarining e’tibori va samimiy munosabatlari orqali ishtirokchilarga quvonch ulashishga intildilar.
Mazkur tashrif talabalarda insonparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-shafqat va ijtimoiy mas’uliyat kabi yuksak fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, jamiyat hayotida faol ishtirok etish va xayrli ishlarga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment