Toshkent davlat tibbiyot universiteti dotsentlari texnikumimizda seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Zomin Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumi da ta’lim sifatini oshirish, talabalarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Anesteziologiya va reanimatologiya, travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya kafedrasi dotsentlari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Seminarda Toshkent davlat tibbiyot universitetining quyidagi dotsentlari ishtirok etdilar.
Xaydarov Muzaffar BurxonovichMamatqulov Ixtiyor BosimovichTolipov Ma’mur G‘iyosovichBeknazarov Amir Bozorboyevich

Seminar mashg‘ulotlari davomida tibbiyotning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilimlar, nazariy ma’lumotlar va amaliy tajribalar talabalarga yetkazildi.
Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment