




Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda.
Kecha, 13 oktabr kuni 1 va 2-Pediatriya, Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetlari talabalari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha saralash bosqichi tashkil etildi.
Musobaqada fakultetlarning talaba-sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, taktik mahorati va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar.
Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, fakultetlarning terma jamoalari shakllantirilib, keyingi bosqichda ishtirok etishga tavsiya berildi.
Mazkur musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviylik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!