“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI

“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-qizlari “IT QUEENS – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichida faol ishtirok etdilar.
Tanlovda universitetning quyidagi talaba-qizlari turli yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar:
Yo‘ldosheva Xayot Komiljon qizi — “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi;
Xo‘jayeva Ziyoda Ziyodilloho‘ja qizi — “Mobil ilovalar” yo‘nalishi;
Tohirova Gullola Siddiqjon qizi — “Veb-ishlanmalar” yo‘nalishi;
Ahmedova Gulbahor G‘ayrat qizi — “Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari” yo‘nalishi;
Abduvaliyeva Diyora Shavkat qizi — “Raqamli ta’lim” yo‘nalishi.
Quvonarlisi, “Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari” yo‘nalishida ishtirok etgan Ahmedova Gulbahor G‘ayrat qizi tanlov g‘olibi bo‘lib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov yosh qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etish, raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
G‘olibimiz 2-son davolash fakulteti 3-bosqich talabasi Ahmedova Gulbahor G‘ayrat qizini samimiy muborakbod etamiz! Barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz!
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu

Leave a comment