








Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakulteti talabalari tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mehr-saxovat uyi»ga xayriya tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida markazda istiqomat qilayotgan insonlar uchun palov, salat, shirinliklar, non va choy olib borildi.
Shuningdek, ularga shampun, tish pastasi, tish cho‘tkasi va sovun kabi shaxsiy gigiyena vositalari taqdim etildi.
Talabalar markazda istiqomat qilayotgan insonlar bilan samimiy suhbatlashib, ular bilan birgalikda vaqt o‘tkazdilar.
Xayriya tashrifi davomida 20 nafar volontyor ishtirok etib, tadbirni tashkil etish va amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bunday tashabbuslar yoshlarda mehr-oqibat, insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti, #2PediatriyaFakulteti, #Volontyorlik , #Xayriya , #MehrSaxovat
Rasmiy sahifalarimiz!