




Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida yigitlar o‘rtasida milliy kurash sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talaba-yigitlarimiz kuch, chaqqonlik, epchillik va matonat borasida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Gilam ustida kechgan qizg‘in bellashuvlarda har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etib, munosib natijalar qayd etdi.
60 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Qo‘zimurodov Shermuhammad, 1-son Davolash ishi fakulteti talabasi.
2-o‘rin — Telaqov Soipniyoz, 2-son Stomatologiya fakulteti talabasi.
3-o‘rin — Dehqonov Asilbek, 2-son Stomatologiya fakulteti talabasi. 66 kg vazn toifasi:
1-o‘rin — Suvonov Ulug‘bek, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabasi.
2-o‘rin — Baratov Abduraxmon, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabasi.
3-o‘rin — Jo‘rabek Mirali, 1-son Davolash ishi fakulteti talabasi.
Milliy kurash nafaqat kuch va chaqqonlik, balki mustahkam iroda, sabr-toqat, jasorat va raqibga hurmat kabi yuksak fazilatlarni ham tarbiyalaydi. Musobaqa davomida talabalarimiz ana shu fazilatlarni amalda namoyon etib, sportga bo‘lgan qiziqishlari va g‘alabaga intilishlarini ko‘rsatdilar.
G‘olib va sovrindor talabalarimizni muborakbod etamiz! Ularga kelgusi musobaqalarda omad, yangi rekordlar va yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!