






Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida talabalar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
1-bosqich 113–118-AB guruhlari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–207-son Farmoni mazmun-mohiyati mas’ullar tomonidan tushuntirildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari, shuningdek, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!