





Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Ona tilim — g‘ururim» shiori ostida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida umummilliy diktant tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya etish madaniyatini mustahkamlash va ona tiliga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yuksaltirishga qaratildi.
Diktant jarayonida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalariga amal qilish, so‘z va iboralarni to‘g‘ri qo‘llash, fikrlarni yozma ravishda aniq va savodli ifodalash borasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Bunday ma’rifiy tashabbuslar davlat tiliga hurmat ruhini mustahkamlash, til madaniyatini rivojlantirish hamda milliy ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tili — millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini namoyon etuvchi bebaho boylik. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Zero, ona tiliga ehtirom — milliy o‘zlikka ehtirom, davlat tiliga hurmat esa millat ma’naviyati va kelajagiga bo‘lgan yuksak mas’uliyat ifodasidir!Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin