








Toshkent davlat tibbiyot universitetining 10-sonli talabalar turar joyida talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish kengashi raisi va a’zolarini saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Saylovda 1-Pediatriya fakulteti dekani A.Nasirov, dekan o‘rinbosarlari A.Xudayberdiyev va F.Muminov, Anatomiya, patologik anatomiya va gistologiya kafedrasi assistenti Sh.Ma’rufov, tarbiyachi-pedagoglar M.Akbarova, B.Nurillayev, H. Choriyev va H. G‘aniyev ishtirok etdilar.
Saylov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va demokratik tamoyillar asosida tashkil etildi. Ko‘rsatilgan nomzodlar talabalarning ochiq ovoz berishi orqali saylandi.
Tadbir yakunida saylangan kengash raisi va a’zolariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar turar joyida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda barcha talabalarni hamjihatlikda harakat qilishga chaqirildi.
Mazkur saylov talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va mas’uliyatini oshirish, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar turar joyida do‘stona va ahil jamoani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!