Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida universitetning “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi

professor-o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, xususan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash masalalari bilan hamohangdir.

Davra suhbatida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlardan foydalanish, ularning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash hamda individual ehtiyojlarini hisobga olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalar bilan ishlashda samarali muloqot o‘rnatish, psixologik yordam ko‘rsatish va ta’lim jarayonida qulay muhit yaratish bo‘yicha fikr va tajribalar almashildi.
Tadbir doirasida maxsus texnikumning zaif ko‘ruvchi o‘quvchilari uchun “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi tomonidan tibbiy ko‘riklar tashkil etish rejalashtirildi. Bundan tashqari, seminar-treninglar va mahorat darslari orqali o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ruhiy farovonligini mustahkamlash hamda mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan yoshlarning salomatligi, ta’lim olishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, tibbiyot va ta’lim sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment