


#No_commentToshkentda O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — “To‘raqulov o‘qishlari” bo‘lib o‘tdi“Chegarasiz endokrinologiya: ilm-fan, innovatsiyalar va klinik amaliyot” mavzusidagi anjumanda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan olimlar, shifokorlar hamda sog‘liqni saqlash sohasi masʼullari qatnashdi.
Kongressning ilmiy dasturi ikki yo‘nalishni qamrab oldi: gormonal va reproduktiv salomatlik, shuningdek, metabolik salomatlik va diabet. Mutaxassislar reproduktiv salomatlik, semizlik, menopauza, bolalar endokrinologiyasi, diabetni davolash, uning asoratlarini aniqlash va oldini olish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Anjumanda Yaponiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlardan ekspertlar ishtirok etdi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagramLinkedin