11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampusida Qizlar haftaligi tashkil etildi. Haftalik doirasida sport musobaqalari, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

14-oktabr kuni 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi hamda tyutorlar tomonidan «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqa davomida talaba-qizlar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
G‘olib jamoa va faol ishtirokchilar sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar!
Bu kabi intellektual o‘yinlar talaba-qizlar uchun o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va yangi do‘stlar orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment