“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: XALQARO FAKULTET TALABALARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TDI!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida Xalqaro fakultet guruh talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
VOLEYBOL: MUROSASIZ VA QIZG‘IN BELLASHUVLAR!

Voleybol musobaqasida jamoalar g‘alaba uchun bor kuch va mahoratlarini namoyish etib, o‘zaro qizg‘in bahs olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagi o‘rinlarni egalladilar:
1-o‘rin — INTERNATIONAL jamoasi
2-o‘rin — UNQ jamoasi
3-o‘rin — DEMS jamoasi

STOL TENNISI: CHAQQONLIK VA MAHORAT SINOVI!
Stol tennisi musobaqalari ham qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar tezkorlik, aniqlik va yuksak sport mahoratini namoyish etdilar.
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Tohirjonova Sevara
2-o‘rin — Abdumalikova Sarvixonim
3-o‘rin — Abdujalilova Charos
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Ritish Tomas
2-o‘rin — Abdumannonov Diyorbek
3-o‘rin — Abdurazzoqov Damir

Musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviylik va do‘stona raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment