«Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz: Sog‘lom yoshlar — el-yurt tayanchi va kelajak poydevori»

​Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-Pediatriya fakultetida talabalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasidan asrashga qaratilgan atroflicha tushuntirish va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

​Fakultetning 2-bosqich talabalari ishtirokida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Yunusobod tumani IIO FMB 4-IIB XPB katta profilaktika inspektori, podpolkovnik K.X. Xusniddinov ma’ruza bilan so‘zga chiqdi.

​Muloqot davomida soha mutaxassisi talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish hamda ularning profilaktikasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor vazifalarni atroflicha yetkazdi.
​Shuningdek, uchrashuvda talaba-yoshlarga jamoat joylarida va kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, zararli odatlarning inson salomatligi hamda jamiyat kelajagiga salbiy ta’siri, ayniqsa, sintetik preparatlar va kuchli ta’sir etuvchi moddalar xavfidan ogoh bo‘lish zarurligi alohida uqtirildi.
​Bunday ma’rifiy-profilaktik tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlik va profilaktik huquqbuzarliklarga nisbatan murosa xolis xulq-atvorni qaror toptirish hamda ularning xavfsiz va osoyishta ta’lim olishini ishonchli ta’minlashdan iboratdir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment