






2026-yil 15-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetida Kamola Tolibjonovna boshchiligida 208-, 209-, 210- va 211-guruh talabalari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyivha dekan oʻrinbosari Alimova K.D olib bordi.
Tadbirga O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Nuriymon Abdurahim o‘g‘li Abulhasan va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Nuriymon Abdurahim o‘g‘li Abulhasan so`zga chiqib talaba-yoshlar bilan mazmunli suhbat olib bordi.
Davra suhbati davomida yoshlar o‘rtasida ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish, jaholatga qarshi bilim va tafakkur bilan kurashish, yot g‘oyalar ta’siridan ogoh bo‘lish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglashi muhimligi ta’kidlandi.
Davra suhbati talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni jaholatga qarshi bilim, tafakkur va yuksak ma’naviyat bilan kurashishga chorlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, ma’rifatli yoshlar — jamiyatning mustahkam tayanchi, yurt kelajagining bunyodkorlaridir. Yoshlarning qalbida ezgu maqsadlar, mustaqil fikrlash va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni bilimli, ongli va mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida muhim o‘rin tutadi.
Rasmiy sahifalarimiz!