ODIL YOQUBOV — O‘ZBEK ADABIYOTINING YORQIN NAMOYANDASI

Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida taniqli o‘zbek adibi, dramaturg va jamoat arbobi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy taqdimot tashkil etildi.

Taqdimot davomida tyutor F.M. Shamudinova, Ijtimoiy fanlar, pedagogika, psixologiya kafedrasi dotsenti, fakultet YoBIB dekan o‘rinbosari A.K. Xudayberdiyev hamda 310-DI guruhi talabasi D. Bahodirova so‘zga chiqib, adibning hayot yo‘li, serqirra ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, yozuvchining adabiyotimizda alohida o‘rin tutuvchi asarlari, ularning yaratilish tarixi hamda mazmun-mohiyati xususida fikrlar bildirildi.

Tadbirda Odil Yoqubov asarlarida aks etgan tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, vatanparvarlik va ma’naviy masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, adibning «Ulug‘bek xazinasi» tarixiy romani misolida buyuk ajdodlarimizning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ilmga intilish, ma’rifat va tarixiy xotiraning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni milliy adabiyotimizning nodir namunalari bilan yaqindan tanishtirish hamda buyuk adiblarimizning boy ma’naviy merosini kelajak avlodga yetkazish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.Tashkil etilgan taqdimot talabalarning adib ijodiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va badiiy adabiyotga mehrini mustahkamlashga xizmat qildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment