



“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya va xalq tabobati fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati, chaqqonligi va tezkorligini namoyon etib, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini ko‘rsatdilar. Har bir bellashuv qizg‘in ruhda kechib, talaba-qizlarning irodasi, matonati va o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini yaqqol namoyon etdi.
Mazkur musobaqa nafaqat sport mahoratini oshirish, balki talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qildi.
G‘olib va sovrindorlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning erishgan yutuqlaringiz tinimsiz mehnat, qat’iyat, kuchli iroda va yuksak maqsadlar sari intilishning yorqin namunasidir.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar, yangi marralar va omad tilaymiz! Sportga bo‘lgan muhabbatingiz, shijoatingiz va g‘alabaga intilishingiz hech qachon so‘nmasin!
Har bir qadam — yangi imkoniyat, har bir musobaqa — yangi tajriba, har bir g‘alaba — katta maqsadlar sari dadil qadamdir!
Rasmiy sahifalarimiz!