Talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish va ular bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda psixologik suhbatlar o‘tkazish

15.10.2026-yil kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti dekan muovini, tyutorlar hamda psixolog E.M. Safarova ishtirokida 13-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talaba-qizlarning yashash sharoitlari, ijtimoiy-psixologik holati hamda ta’lim olishi va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, talaba-qizlar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Suhbat jarayonida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Psixolog E.Safarova talaba-qizlarga ruhiy barqarorlikni saqlash, stressli vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarish va jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda talabalar turar joyida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlashdan iborat.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment