







Tashrif davomida talabalar xalqimizning boy tarixiy merosi Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatilgan jasorat va matonat Vatan ozodligi hamda tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Bog‘ hududidagi yodgorliklar va muzeydagi tarixiy eksponatlar orqali o‘tmishdagi mashaqqatli kunlar xalqimizning sabr-toqati va qahramonligi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif talabalarda tarixiy xotirani asrash ajdodlarimizning jasoratini qadrlash milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlandi. Shu uchun bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadriga yetish yurtimiz ravnaqi uchun mas’uliyatni his etish hamda kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur anglashga undadi.
Rasmiy sahifalarimiz!