

masalalariga bagʻishlangan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, o‘zaro mehr-oqibat, samimiy muomala va insoniylik fazilatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tyutorlarning talaba-yoshlar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarida milliy qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarni uyg‘unlashtirish, sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod qalbiga singdirish va talabalarda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimiz: