Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakulteti tyutorlari va ijtimoiy psixologik yordam koʻrsatish markazi psixologlari bilan hamkorlikda milliy qadriyatlar va urf- odatlar

masalalariga bagʻishlangan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, o‘zaro mehr-oqibat, samimiy muomala va insoniylik fazilatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tyutorlarning talaba-yoshlar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarida milliy qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarni uyg‘unlashtirish, sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat yakunida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod qalbiga singdirish va talabalarda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment