
San’at — talabalik bayramining o‘zgacha tarovati
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali tadbiri nafaqat ezgu tilaklar, balki jonli musiqa, milliy raqs va betakror san’at namunalari bilan ham yodda qoldi.
Tadbir davomida xonandalar Mustafa, Islom Farmonov, Safira, Islom Axmedov, Davron Axmedov va Tatyana Zayseva ning ijrolari professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat, estetik zavq va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbirni ikki oliy toifali boshlovchi — Usmanova Anora va Abduvaliyev Sherzod yuqori saviyada olib borib, bayramona muhitning yanada jo‘shqin va mazmunli kechishini ta’minladi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov ning ijrosi esa tadbirning eng yorqin badiiy lahzalaridan biri bo‘ldi. Uning betakror ovozi va sahnadagi mahorati mehmonlar hamda talaba-yoshlarga alohida zavq bag‘ishladi.
“Navo Shifo” raqs ansambli ning talaba qizlari tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy raqslar esa sahnaga o‘ziga xos fayz va joziba olib kirdi. Shuningdek, san’atga oshno talaba-yoshlarning kuy-qo‘shiqlari ularning ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etdi.
San’at — qalbga ma’naviy ozuqa, go‘zallik va ilhom beradi. Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar va namoyish etilgan raqslar ustoz va talabalarga ana shunday zavq, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Ilm va san’at uyg‘unligi — har tomonlama yetuk avlod tarbiyasining muhim omilidir.
Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin