“TILIM — MILLATIM, G‘URURIM!”

Ona tilim — millatim faxri, qalbim iftixori!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish maqsadida “Tilim — millatim, g‘ururim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va tilimizni madh etuvchi ijodiy namoyishlar taqdim etildi.
Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Tilimizni asrash, uning sofligini saqlash, ravon va to‘g‘ri so‘zlash hamda uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ona tilim — faxrim, g‘ururim, bebaho boyligim! Uni sevish, ardoqlash va rivojlantirish barchamizning sharafli vazifamizdir!
Til bor ekan — millat bor, millat bor ekan — g‘urur va iftixor !
Tashkilotchi tyutori: Toshturdiyeva Xurshida Erkinovna
Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment