



Toshkent davlat tibbiyot universiteti 5-B talabalar turar joyida talaba-yoshlarning ijtimoiy-psixologik holatini o‘rganish, ularning yangi muhitga moslashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ruhiy barqarorligini mustahkamlash maqsadida 2-son davolash fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, Xotin-qizlar psixolgi G.M.Soibnazarova bilan hamkorlikda psixologik trening va suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarning hissiy holati, o‘zaro munosabatlari, jamoaga moslashuvi, stressli vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalari hamda shaxsiy rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Psixologlar tomonidan talabalarga o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri boshqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, ijobiy fikrlash va turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etishda psixologik yordamning ahamiyati tushuntirildi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning ruhiy salomatligini asrash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va ularning universitet hayotiga muvaffaqiyatli moslashuviga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘lom muhit, samimiy muloqot va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maskani!
5 -TTJ T/P: M.M.Sultanova
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn