NAZARIY BILIMDAN AMALIY MAHORAT SARI!

NAZARIY BILIMDAN AMALIY MAHORAT SARI! Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2- va 3-bosqich stomatologiya talabalari uchun professor B. Xudanov rahbarligida plomba ashyolarini tayyorlashga bag‘ishlangan maxsus demonstrativ-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar turli xil plomba ashyolari, ularning xususiyatlari, tayyorlash usullari va klinik amaliyotda qo‘llanilish sohalari haqida muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulotning eng muhim jihati shundaki, talabalar nafaqat nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirdilar, balki turli plomba ashyolarini o‘z qo‘llari bilan qorib, amaliy jihatdan tayyorlash ko‘nikmalarini ham egalladilar. Bunday amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak stomatologlarning klinik fikrlashini rivojlantirish, kasbiy mahoratini oshirish va kelajakdagi mustaqil faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki sifatli stomatologik davolash — mustahkam bilim, to‘g‘ri texnika va puxta amaliy ko‘nikmalardan boshlanadi!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment