




Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida talaba-yoshlarning milliy o‘zligini anglash, ona tiliga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifat darsi tashkil etildi.
Tadbir mehmoni:A.A. Mavrulov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, tarix fanlari doktori, professor.
Dastlab, ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir dolzarb ma’lumotlar talaba-yoshlarga yetkazilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va muhim yangiliklar yuzasidan fikr almashildi.
Darsning asosiy qismida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilining xalqimiz tarixi, milliy o‘zligi, ma’naviy merosi va davlatchiligimiz shakllanishidagi beqiyos o‘rni keng yoritildi.
Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor T.A. Bobomuratov ham ishtirok etib, ona tilimizni e’zozlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, bilimli va vatanparvar yoshlar bo‘lib kamol topishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.
Mazkur ma’rifat darsi talaba-yoshlarda ona tiliga ehtirom, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, davlat tilining jamiyat hayoti va mustaqil davlatchiligimizdagi ahamiyatini chuqur anglashga xizmat qildi.
Dars yakunida o‘tilgan mavzular yuzasidan talabalar o‘rtasida qiziqarli QUIZ-test tashkil etildi. Unda talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, faol ishtirok etdilar. Test natijalariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 nafar talabaga universitet tomonidan Tashakkurnoma topshirildi.
Ushbu interaktiv mashg‘ulot talabalarning bilimlarini mustahkamlash, mavzularga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni faol bilim olishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn