20-oktabr — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi

Oʻzbek adabiyotining zabardast namoyandasi, oʻzining mazmunli asarlari va teran fikrlari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan buyuk adib Odil Yoqubov tavalludini yuksak hurmat va ehtirom bilan yodga olamiz.

Odil Yoqubov ijodi — insoniylik, vijdon, adolat va Vatanga muhabbat kabi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir. Uning “Ulugʻbek xazinasi”, “Diyonat” kabi asarlari insonni hayot haqida chuqur mushohada yuritishga, haqiqatni qadrlashga undaydi.

Buyuk adibning boy ijodiy merosi bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Uning asarlari yosh avlodni ezgulikka, maʼnaviyatga va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

Odil Yoqubovning nomi va oʻlmas asarlari xalqimiz xotirasida hamisha yashaydi.
Ushbu muhim sana munosabati bilan Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 314-DI guruh talabasi Ismatova Shahzoda o’z tushunchalarini bayon etdi.
Tyutor: B.R.Zulfiqorov

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment