Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasida Qozon federal universiteti dotsenti, PhD ilmiy darajasiga ega Fedotov Dmitriy Leonidovich o‘z pedagogik va ilmiy faoliyatini olib

bormoqda.

Dmitriy Leonidovich universitet talabalari bilan o‘zining boy bilim va tajribasini o‘rtoqlashib, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda dunyoqarashini kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ijtimoiy fanlarning dolzarb masalalari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Dars jarayonida talabalar bilan o‘zaro fikr almashish, ularning savollariga javob berish hamda mavzularni hayotiy misollar orqali tushuntirishga ahamiyat berilmoqda.
Xorijiy mutaxassisning ta’lim jarayonidagi ishtiroki talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday hamkorlik universitetda zamonaviy ta’lim tamoyillarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish va kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishadigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment