








Adabiyot yashagan makonda tilning qadri, sö‘zning mas’uliyati özgaça teran anglanadi.
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni bu gal özbek tiliga ehtirom, milliy adabiyotga muhabbat va ijodkorlar bilan samimiy muloqot maskaniga aylandi.
21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toşkent davlat tibbiyot universiteti 2-son davolaş fakulteti taşabbusi asosida «Ona tilim — millatim faxri» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Uçraşuvning öziga xos jihati — milliy adabiyotimizning taniqli vakillari bilan kelajak şifokorlarining bir davrada jam bölgani edi.
Tadbirning hurmatli mehmoni, Qoraqalpoğiston xalq şoiri, Özbekiston xalq yozuvçisi, taniqli jurnalist va adib Keńesbay Karimov milliy adabiyotimiz va ma’naviy hayotimizda öz örniga ega ijodkorlardan biridir.
Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, şoira Gulçehra Şahobiddin hamda Ma’mura Zohidova ona tilining badiiy qudrati, milliy özlikni asraşdagi örni, sö‘zga hurmat va adabiy merosning yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati xususida fikrlarini bildirdilar.
Tadbirda universitetning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori, professor Turdiqul Bobomurotov, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.
Adiblar xotirasi bilan boğliq xiyobonda ötkazilgan bu uçraşuvning ma’naviy ahamiyati alohida. Zero, ajdodlarimiz qalam bilan asragan qadriyatlar bugun yoşlar tafakkurida davom etmoqda.
Bo‘lajak şifokorlarning adabiyot ahli bilan muloqoti esa ularga kasbiy bilim bilan bir qatorda milliy tafakkur, nutq madaniyati va ma’naviy mas’uliyat ham zarurligini yana bir bor eslatdi.
Tilni asraş — uni faqat bayram kunlari uluğlaş emas, balki har kuni töğri sö‘zlaş, mazmunli fikrlaş va uning boy imkoniyatlaridan foydalanış demakdir.
Adiblar xiyobonidagi bugungi uçraşuv ana şu haqiqatning yana bir ifodasi böldi.
Rasmiy sahifalarimiz!