





Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Keskin va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqada jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, aniq zarbalari va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, g‘oliblik uchun bor kuch va mahoratlarini ishga soldilar.
1-o‘rin — Xalqaro fakultetining “Geza” jamoasi;
2-o‘rin — Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetining “GopStop” jamoasi;
3-o‘rin — Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetining “Sparta” jamoasi.
Musobaqada munosib ishtirok etgan 1-son Davolash fakulteti, 2-son Davolash fakulteti hamda Farmatsiya yo‘nalishi jamoalari ham o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun minnatdorlik bildiramiz. G‘olib jamoalarni samimiy tabriklab, ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz!