



Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-pediatriya va xalq tabobati fakulteti Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 10-sonli talabalar turar joyida “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik va taqdimot namoyish etildi. Unda giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida ushbu illatning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga giyohvandlik vositalaridan foydalanishning zararli oqibatlari, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning giyohvandlikka qarshi bilim va tushunchalarini oshirish, ularda sog‘lom hayot tarziga intilishni shakllantirish hamda yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olishga qar
Rasmiy sahifalarimiz!