



2026-yil 15-oktabr kuni Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetida o‘qishini 2-kursga ko‘chirgan talabalar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda dekan o‘rinbosari, dotsent A.Xudayberdiyev, profilaktika katta inspektori K.Xusniddinov, tyutor Sh.Xamralieva ishtirok etib, talabalar bilan mavzu yuzasidan suhbatlashdi.
Uchrashuvda Prezidentning PF-207-son Farmoni mazmuni, talabalar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga «Xavfsiz talaba» va «APK qo‘riqchi» mobil ilovalarini yuklab olish va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Suhbatda giyohvandlikning inson salomatligi va yoshlar kelajagiga zarari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslik va huquqbuzarliklarning oldini olishda har bir talabaning mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Rasmiy sahifalarimiz!