
Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “APK Qo‘riqchi” chellenji orqali yoshlar va keng jamoatchilikni kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishga, internet tarmog‘idagi tahdidlarga qarshi hushyorlikni oshirishga hamda raqamli xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishga chorlamoqda!
Unutmang, birgina ehtiyotsiz harakat shaxsiy ma’lumotlaringiz va moliyaviy mablag‘laringiz xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum APK fayllarni yuklab olmang, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga oshkor etmang!
“APK Qo‘riqchi” chellenjiga qo‘shiling! Kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashaylik!
Raqamli dunyoda ogoh bo‘ling — xavfsiz kelajak o‘z qo‘limizda!
Rasmiy sahifalarimiz!