Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirgan nomzodlar DIQQATIGA

«Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirgan nomzodlar DIQQATIGA!

Hurmatli rahbar xodimlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-son va 2024 yil 20-avgustdagi 522-son qarorlar talablariga muvofiq,

2026 yilning navbatdagi choragi uchun (15-sentabrdan 15-oktabrga qadar) oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarni qabuli Yagona elektron tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirilgan.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» Mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirganlar:

2026 yil  23– oktabr kuni soat 14:00-16:00 (vaqt oraligida qabul) Ma’naviyat va ma’rifat xonasi (bosh o'quv bino, 1-qavat) suhbatga ilmiy rahbar va/yoki ilmiy maslahatchi bilan birga kelishlari talab qilinadi.

E’tibor uchun muhim!

1. Suhbatda qatnashish uchun daraja.ilmiy.uz platformasiga yuklangan hujjatlarning (birlamchi hujjatlar to‘plami) asl nusxalarini, rahbar tomonidan rozilik xatini hamda Dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (annotatsiya)ni o‘zingiz bilan olib kelish shart.

2. Suhbat videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va uning hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.

3. Suhbatda sababsiz qatnashmagan yoki hujjatlari talab darajasida yuritilmagan nomzod oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinmasligi to’g’risida ogohlantiramiz.

Manzil:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Bosh o’quv binosi, 1-qavat
(Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy).

Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Z.A.Muminova

Leave a comment