
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu sana xalqimiz uchun milliy g‘urur, o‘zlik va ma’naviyat timsolidir.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3-kurs talabalari tomonidan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan videorolik tayyorlandi.
Videorolik orqali talabalarimiz ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat va hurmatini ifoda etdilar. Zero, o‘zbek tili — millatimizning bebaho boyligi, tariximiz va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ma’naviy merosimizdir.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Ona tilimiz doimo ardoqda bo‘lsin! Tilimiz — g‘ururimiz, faxrimiz va milliy o‘zligimiz timsolidir!
Rasmiy sahifalarimiz!